O‘zbekistonda elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish zarur. Bu sohaga xorijiy investorlarni jalb etish uchun narxlarni ko‘tarish kerak. Prezident Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisida qilgan ma’ruzasida shu kabi fikrlarni bildirdi, deb xabar qiladi Kun.uz nashri.
«Biz elektr energiyasi narxlarini liberallashtirishimiz zarur. Biz juda boy mamlakatmiz, ammo barcha imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalanmayapmiz. Ko‘plab investorlar energetika sohasiga mablag‘ kiritishni xohlamoqda, ammo ularni energiya narxi ham qiziqtirmoqda.
Biz narxlarni oshirmas ekanmiz, tadbirkorlar bu sohaga sarmoya kiritmaydi. Murakkab bo‘ladi. Bu ko‘plab sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa aholiga qiyin bo‘ladi. Lekin biz shunday choralarni ko‘rishga majburmiz», - deya ta’kidladi Prezident o‘z nutqida.
Eslatib o‘tamiz, tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari joriy yil 1 iyundan oshishi kerak edi. Biroq, kutilmaganda Moliya vazirligi narxlar oshirilmasligi haqida ma’lum qildi.
«Tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshadi, lekin 1 iyundan emas. Biz vaqtincha narxlarni oshirishni to‘xtatdik», - degan edi Moliya vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?