13:18 / 28.06.2019
3 861

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga yangi rektor tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori lavozimiga Gulchehra Shovkatovna Rixsiyeva tayinlandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

Gulchehra Rixsiyeva bu lavozimda koʻp yillardan buyon ishlab kelayotgan Abdurahim Mutalovich Mannonov oʻrnini egalladi. U endi Oʻzbekiston tarixidagi ilk ayol rektorga aylandi.

Gulchehra Rixsiyeva 1971-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

U 2019-yilning 28-fevralida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisida senator sifatida tanishtirilgandi. U shu vaqtgacha Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga yangi rektor tayinlandi