2 420
Shavkat Mirziyoyev: "Shahar jamoat transportini aholiga qulay, arzon, xavfsiz qilib berishimiz kerak"
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 1 iyun kuni Toshkent shahrining Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida transport bog‘lamasi qurish loyihasini ma’qullagan edi. Bugun bu yerdagi ishlar yakuniy bosqichga kirdi.
Mazkur transport bog‘lamasi muhandislik yechimiga ko‘ra noyob bo‘lib, uch qavatdan iborat. Ohangaron shossesi bo‘ylab umumiy uzunligi 502 metr tunnel, Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab 411 metrlik estakada, chorrahaning halqa qismida har biri 29 metrlik ikkita yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda.
Bu yo‘l va ko‘priklar transportlarning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlab, tirbandlikni bartaraf etadi. Uni joriy yil sentyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Shu yerda Toshkent yer usti halqa metro liniyasi qurilishi bo‘yicha ham ma’lumot berildi. Umumiy uzunligi 52 kilometrdan ziyod bo‘lgan mazkur yo‘l besh bosqichda quriladi. Bugungi kunda «Do‘stlik» metrosidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘nalish barpo etilmoqda.
- Shahar aholisining ko‘p qismi va poytaxtimizga kelganlar jamoat transportidan foydalanadi. Lekin hozircha to‘la qulaylik ta’minlanmagan. Odamlarning noroziligi shundan. Mana, qancha uylar qurilyapti, shahar rivojlanyapti, yana rivojlanadi. Shularni inobatga olib, shahar jamoat transportini aholiga qulay, arzon, xavfsiz qilib berishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ushbu yer usti liniyasini Toshkent metropoliteni va avtobuslar yo‘nalishlari bilan oqilona inegratsiyalash, yuklamadan kelib chiqib aholiga qulayliklarni oshirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi