10:30 / 29.06.2019
2 766

Xayriddin Sultonov: “Prezidentimizning so‘zlari Muhammad bin Roshid Ol Maktumni to‘lqinlantirgandi”

Xayriddin Sultonov: “Prezidentimizning so‘zlari Muhammad bin Roshid Ol Maktumni to‘lqinlantirgandi”
Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilayotgan Xalqaro Press-klub davom etmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi X.Sultonov o‘z fikrlarini bildirdi:

“Mamlakatimizda so‘nggi yillarda kitobxonlikka juda katta e’tibor qaratilmoqda. Kitob, adabiyot nafaqat o‘z madaniyatimizni boyitadigan, xalqaro diplomatik munosabatlarda ham ta’sirchan vosita ekanligi Prezidentimizning olib borayotgan siyosati misolida yaqqol anglash mumkin.

Prezidentimiz o‘tgan ikki yarim yillik faoliyatlari davomida dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida bo‘lganida o‘sha davlatlarning rahbarlariga ulug‘ mutafakkirlarimiz asarlarini sovg‘a qilish amaliyotini yo‘lga qo‘ydilar. Bu esa ijobiy natija bermoqda.

Jumladan, davlatimiz rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga bo‘lgan rasmiy davlat tashriflari davomida mamlakatimizda chop etilgan BAA Vitse-prezidenti, Dubay amirligi hokimi, mashhur davlat va siyosat arbobi Muhammad bin Roshid Ol Maktumga muallifning yurtimizda nashr qilingan ikkita “Mening hayotim“, “Mening tasavvurim“ nomli kitoblari davlatimiz rahbari tomonidan sovg‘a qilindi.

Men shunga guvoh bo‘ldimki, kitob sovg‘a qilingan vaqtda Prezidentimiz Amirga “Kitobingizning beshinchi sahifasida bizning buyuk bobomiz Imom Buxoriy hazratlarining muborak hadislari keltirilgan ekan”, deb qayd etganlarida siyosatchining juda qattiq to‘lqinlanganiga guvoh bo‘ldik“, deya Sultonovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi O‘zA.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xayriddin Sultonov: “Prezidentimizning so‘zlari Muhammad bin Roshid Ol Maktumni to‘lqinlantirgandi”