Yunusobod tumanida yashovchi ayolga Prezident sovg‘asi berildi

1 daqiqa o'qish4K
Yunusobod tumanida yashovchi ayolga Prezident sovg‘asi berildi
Foto: «Novosti Uzbekistana»
Toshkent hokimligi Nargiza Shomuratovaning uy-joy masalasini yechishga qaror qildi. Prezident nomidan 1 yil oldin taqdim etilgan uyni Yunusobod tuman hokimligi qaytarib oldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

29 iyun kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi shahar bo‘limi raisi, Xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Dilbar Najmiddinova shahar hokimligidagi matbuot anjumanida Nargiza Shamuratovaning uy-joy muammosini bir kun oldin hal qilinganini aytdi.

«Bir yil muqaddam unga berilgan boshpana vaqtinchalik uy-joy sifatida taqdim etilgan edi, chunki u bolalari bilan parkda yashab yurar edi. Endi unga rasmiy ravishda yangi binodan xonadon berildi», — deydi Dilbar Najmiddinova.

Shu bilan birga, o‘tgan yili hokimlik tomonidan qizil tasmali kalitlar bilan berilgan turar joyning «vaqtinchalikligi» haqida hech narsa aytilmagan. Yunusobod sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov va uning o‘rinbosari Nargiza Mirbabayeva ham bu haqda aytmagan. Endi esa ular Nargizaga bu Prezidentning sovg‘asi ekanini aytmoqda.

Nargizaning aytishicha, 28 iyun kuni tuman hokimi Rahmonbek Usmonov ayolning oldiga kelib, unga yangi xonadon sovg‘a qilingani, shuning uchun hozirgi uyni topshirishi lozimligini aytgan. Unga Yunusobod 7-dahasidagi turar joy o‘rniga ushbu tumanning 13-dahasidan yangi qurilgan xonadonlardan birining kaliti va sertifikati berildi.
Yunusobod tumanida yashovchi ayolga Prezident sovg‘asi berildi
Foto: «Novosti Uzbekistana»
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?