
O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini qabul qilib oladigan birinchi mamlakatga aylanadi. Bu haqda Kazenergy bosh direktori Bolat Akchulakov LS’ga xabar berdi.
Olmaotada bo‘lib o‘tgan «Argus Qozog‘iston va Markaziy Osiyo neft-gaz bozori 2019» xalqaro konferensiyasi doirasida suhbatdoshning aytishicha, joriy yil iyul oyida yoqilg‘i birinchi partiyasini jo‘natish rejalashtirilgan.
«Barcha benzin jahon narxlarida eksport qilinadi. Uni arzon narxda sota olishmaydi. Hammasi transfert shartlarida ishlay boshlaydi. Ehtimol, Qozog‘iston benzinini yetkazib berish iyulda boshlanadi. Birinchi partiya, mening fikrimcha, O‘zbekistonga jo‘natiladi», - deya aniqlik kiritgan Akchulakov.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston bilan hozircha faqat yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.
O‘zbekistonQozog‘istonBenzin PartiyasiMarkaziy OsiyoYoqilg‘i Yetkazib BerishXalqaro Konferensiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar