date
views 4 969

Jamoat joylarida nimalar taqiqlanadi?

Jamoat joylarida nimalar taqiqlanadi?
Qonunchilikda jamoat joyi deb hisoblanuvchi yerlar aniq belgilab qo‘yilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi:
- statsionar savdo ob’ektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari;
- kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar;
- klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet xizmatlari ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa ko‘ngilochar joylar;
- muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar;
- mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari;
- yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
- aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;
- sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari;
ish joylari bo‘lgan xonalar;
- ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklari, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari;
- xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqa joylar.

Jamoat joylarida quyidagilar taqiqlanadi:
- tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, shuningdek chilim va elektron sigaretalar chekish;
- uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;
- alkogol mahsulotini iste’mol qilish;
- tilanchilik qilish;
- ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;
- it va mushuklarni tumshuqbog‘siz va yetovsiz olib yurish.
Jamoat joylarida mazkur xatti-harakatlarni sodir etish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamoat joylarida nimalar taqiqlanadi?