Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi M. X. 5 iyul kuni o‘z xizmat xonasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, sud raisi 3 000 AQSh dollari miqdorida pora olishda ayblanmoqda.
Bildirilishicha, M.X.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning besh oyida turli lavozimlardagi 417 mansabdor shaxsga 420ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 206ta jinoyat ishi bo‘yicha 284 mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 21 nafari pora olish, 11 nafari pora berish jinoyati uchun javobgar bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi