Uzbekistan Airways Qarshidan Moskvaga aviareyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airways Qarshidan Moskvaga aviareyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
Foto: UzAirways
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Qarshi shahridan Moskvaga aviareyslarni qayta tiklaydi, bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qiladi.

Aviakompaniya joriy yilning 26 iyulidan boshlab Qarshi—Moskva (Vnukovo) — Qarshi yo‘nalishi bo‘ylab qatnovlarni davom ettirmoqda.

Ushbu yo‘nalishda muntazam qatnovlar haftaning har juma kuni (shanba kuniga o‘tish bilan) A320 samolyotida quyidagi jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi:

HY 623 Qarshi 06:10 — Moskva 08:25

HY 624 Moskva 20:25 — Qarshi 02:25
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar