2 288
Allamjonov OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov OAV erkinligi bo‘yicha Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.
Komil Allamjonov o‘z nutqi avvalida mazkur xalqaro konferensiya qatnashchilariga murojaat etish imkoniyati berilgani uchun Buyuk Britaniya va Kanada Tashqi ishlar vazirliklariga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Murojaatda boshlangan jadal islohotlar boshqa sohalar qatori axborot maydonining birdaniga jonlanishiga olib kelgani, matbuot uchun yopiq eshiklar ochilib, jurnalistlar ham go‘yoki uzoq qishki uyqudan seskanib uyg‘ongandek bo‘lgani, asta-sekin o‘ziga bo‘lgan ishonchi paydo bo‘la boshlagani, eng muhimi odamlarning axborotga, ochiqlikka bo‘lgan talabi ham orta boshlagani aytilgan.
«O‘zbekistonda uzoq yillar davomida yopiq bo‘lgan bir qator xorijiy axborot resurslari va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari veb-saytlariga to‘liq kirish imkoniyati tiklandi.
Hozirgi vaqtda blogerlar huquqini jurnalistlarga tenglashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjat loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Mutassaddilar tomonidan jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va ayni vaqtda jurnalistlar uchun qonunda belgilangan jazolarni hamda «haqorat» va «tuhmat» moddalari bo‘yicha jazoni yengillashtirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari loyihalari ham tayyorlanmoqda», — dedi K.Allamjonov.
Ma’lumot o‘rnida, OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiya ilk marta o‘tkazilmoqda. U himoya va ta’qib qilish, shuningdek, jazoga tortilmaslik; milliy ramkalar va qonunchilik; OAVga ishonchni mutahkamlash va xabarlarni buzib ko‘rsatilishiga qarshi ta’sir; OAVning barqarorligi kabi to‘rt mavzudan iborat bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi