
Foto:«Sputnik»
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali qanday hollarda go‘sht sotilishiga ruxsat berilmasligini eslatdi. Unga ko‘ra:
- so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
- go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan bo‘lsa;
- veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
- ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma’lumotnomasi bo‘lmasa;
- veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;
- oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
- xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;
- veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.
Huquqiy AxborotGo‘sht SotilishiVeterinariya HujjatlariIxtisoslashtirilgan So‘yishXavfsiz Go‘shtMa’lumotnomalar Bazasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar