O‘zbekistonda har yili 61 mlrd kub metrga yaqin gaz qazib olinadi, undan 40 mlrd kub metri “O‘zbekneftgaz” hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqida kompaniya boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov xabar berdi.
“Bilasizki, qazib olinuvchi gaz hajmi doim yopiq axborot bo‘lgan, biroq bugun biz bir qadam oldinda ketyapmiz va oltin-valyuta zaxiralarini oshkor qilyapmiz. Gaz balansi bo‘yicha – taxminan 61 mlrd kub metrga yaqin gaz qazib olamiz”, - dedi u.
Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” hissasiga 40 mlrd kub metr gaz to‘g‘ri keladi, undan 5 mlrd kub metri neft olishning turli texnologik jarayonlariga ketadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha “O‘zbekneftgaz”ga uglevodorod xom-ashyosini, jumladan, tabiiy gaz qazib olish hajmini - 42,3 mlrd kub metrgacha, suyultirilgan gazni - 1,5 mln tonnagacha oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
“Bugungi baza – 35 mlrd kub metr. Vazifa qazib olishni 7,3 mlrd.ga oshirishdan iborat. Qazib olishning bunday hajmi bilan mamlakat ehtiyojini to‘liq qoplash mumkin”, - deya qayd etdi Sidiqov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy ehtiyoj 39 mlrd kub metr gazni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2030 yilgacha neft-gaz sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan. Ularda uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish, gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gazni qazib olish, qayta ishlash, yetkazib berish va realizatsiya qilish hisobini yuritish hamda nazorat qilishni takomillashtirish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi