17:40 / 12.07.2019
3 167

Qidiruvdagi qarzdor topildi va qamoqqa olindi

Qidiruvdagi qarzdor topildi va qamoqqa olindi
Fuqarolik ishlari ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 2009 yil 14 dekabrdagi qaroriga asosan qarzdor Sh.Temirovdan undiruvchi R.Ruziboyeva foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to ular 18 yoshga yetguniga qadar qarzdor oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Mirishkor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida tegishli tashkilotlardan olingan javob xatlariga ko‘ra hamda qarzdor yashash manzilini ko‘zdan kechirish dalolatnomalariga ko‘ra undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklar mavjudligi aniqlanmagan.

Shunday bo‘lsada, qardor Sh.Temirov o‘z farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash chorasini ko‘rmagan. Natijada 114 oy davomida 57.306.318 so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

Bu davr davomida qarzdorni yashash manzilidan topish imkoni bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan bir necha bor qidiruv e’lon qilingan.

Sh.Temirov Byuroning Mirishkor tuman bo‘limi qidiruv guruhi tomonidan topilib, Mirishkor tuman ma’muriy sudga keltirildi va sud Sh.Temirovga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun 15 sutka m’muriy qamoq jazosi tayinladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi qarzdor topildi va qamoqqa olindi