3 374
Toshkent markazida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida katta yong‘in kelib chiqdi (video)
Foto: Golden House
Toshkent shahri markazida – Mirobod bozori yonida qurilayotgan «Mirabad Avenue» kompleksida bugun, 12 iyun kuni kechasi katta yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi.
Videodan ko‘rish mumkinki, yong‘in qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning tepa qismida yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishga harakat qilishmoqda. Yong‘in sabablari va oqibatlari haqida hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.
Bu ushbu uylar bilan bog‘liq birinchi hodisa emas. Bir haftacha avval xuddi shu uylarning yerto‘la qismida yong‘in chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Mirabad Avenue» premium darajadagi hashamatli uy-joy kompleksi sanaladi va «Golden House» kompaniyasi tomonidan qurilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda