O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, psixologik xizmatning asosiy vazifasi o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishdir.
Psixologik xizmat o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 1-3 shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Psixolog kadrlar soni bir nafardan ortiq bo‘lganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.
Ta’lim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi joriy etiladi.
Qaror bilan shuningdek, psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari psixolog kadrlari har besh yilda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari psixolog kadrlari har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Psixolog kadrlarning malaka toifalari bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.
Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi.
Oliy va birinchi malaka toifalariga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun eng kam oylik ish haqining 1 baravari (202 ming 730 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi