Foto:«Kun.uz»
Toshkent shahar prokurori Sherzod Obloqulov lavozimini tark etgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.
«Ayni vaqtda uning ishdan ketish sababi ma’lum emas. Shuningdek, uning o‘rniga kim tayinlangani haqida ham ma’lumot yo‘q» deyiladi xabarda.
Adliya katta maslahatchisi Sherzod Obloqulov turli yillarda Bosh prokuraturada prokuror va boshqarma katta prokurori (2007−2011 yillar), Navoiy viloyatining Xatirchi tumani prokurori (2011−2013), Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari (2013−2016) va Sirdaryo viloyati prokurori (2016−2017) lavozimlarida ishlagan.
U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 12 iyundagi buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlangan va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovning lavozimdan chetlatilishi ortidan, Bosh prokuraturadagi rahbarlik lavozimlarida o‘zgarishlar bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi