
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Timur Normuhammedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu ma’lumot Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, Ravshan To‘lqinovich Hakimov Mirzo Ulug‘bek tumanining yangi prokurori etib tayinlangan. U bungacha Toshkent shahar prokuraturasi katta prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Timur Normuhammedov 2015 yildan buyon Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori lavozimida edi. Ayni vaqtda uning ishdan ketish sababi ma’lum emas.
Bundan avvalroq Toshkent shahri prokurori Sherzod Obloqulov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar