23:30 / 15.07.2019
3 799

Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi

Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Bahriddin Bahodirovich Valiyev Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

U bu lavozimda 2017 yil yozidan buyon ishlab kelgan va shu kunlarda ishdan olingan Sherzod Obloqulov o‘rnini egalladi.

Bahriddin Valiyev avval ham (2010 yilgacha) Toshkent shahri prokurori bo‘lgan.

U 2017 yilning martida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Buxoro viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlangan va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlangandi.

Bundan avvalroq Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Timur Normuhammedov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi