
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida qiymati 700 mln dollardan ko‘p bo‘lgan jami 780 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingani ma’lum qilindi.
“Bugungi kunda dunyo bozorida asosiy talab gilos, o‘rik, olxo‘ri kabi bog‘dorchilik mahsulotlarimizga bo‘lmoqda, — dedi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi rahbari Nasriddin Najimov. — O‘zbekistonda jami 269,5 ming gektar bog‘lar bo‘lib, shundan 118 ming gektarini (44%) olma bog‘lari tashkil etadi. 2019 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 17 ming tonna gilos, 8,3 ming tonna shaftoli, 50 ming tonna o‘rik, 15 ming tonna olxo‘ri eksport qilindi”.
Jurnalistlar muloqot davomida mamlakatimiz hududida irsiy muhandislik yo‘li bilan yetishtirilayotgan (GMO) mahsulotlar bor-yo‘qligi haqida savol berdi.
“O‘zbekistonda irsiy o‘zgartirilgan mevalar yo‘q, sabzavotlar bo‘lishi mumkin”, — dedi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Yo‘ldosh Saidnazarov.
Nasriddin Najimovning qo‘shimcha qilishicha, tarkibida GMO — genetik modifikatsiya qilingan organizmlar bo‘lgan mahsulotlar va ularning urug‘i, ko‘chati ham amaldagi qonunga muvofiq O‘zbekiston hududiga kiritilishi ta’qiqlangan.
O‘zbekiston RespublikasiBog‘dorchilik AgentligiMeva-SabzavotlarIrsi MuhandislikGMO MahsulotlarQishloq Xo‘jaligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar