Inson qiyofasini tanib olish tizimi – bu kelajak sari qo‘yilgan qadam, yetakchi xorijiy mamlakatlarda bunday tizim allaыachon ishga tushgan, deydi Rossiya Davlat Dumasi deputati, avtoekspert Vyacheslav Lыsakov.
«Fuqarolar uchun bu albatta xavfsizlik garovi bo‘ladi. Huquqni saqlash organlari odamlar turgan joyni aniqlash, uning yo‘nalishini kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu shuningdek jinoyatlar oldini olishga ham yordam beradi”, - deydi Lыsakov.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda IIBB Toshkentda “Xavfsiz shahar” loyihasi ishga tushirilishi mumkinligi haqida aytib berishgan edi. Uning asosiga inson qiyofasini tanib olish tizimi yotadi.
Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan ushbu tizim inson qiyofasini tanib olish va uning harakatlarini kuzatish imkonini beradi. Kerak bo‘lganda huquqni saqlash oganlari jinoyatchilarni topishda ham undan foydalanishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, dunyoda eng rivojlangan inson qiyofasini tanib olish tizimi – Xitoyda ishlaydi. OAVlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda instalgan kishini 10 daqiqa ichida topish imkonini beradi.
Aytish joizki, ushbu tizim xavfsizlik darajasini oshirish uchun xizmat qilsa-da, ayrim davlat va shaharlar aholisi undan foydalanishga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha bu inson erkinligini cheklashga olib kelishi mumkin. Ana shunday shaharlardan biri AQShning San-Fransisko shahri bo‘ldi. U yerda aholi talabiga binoan barcha xizmatlar, jumladan politsiya uchun ham inson qiyofasini tanib olish tizimidan foydalanish ta’qiqlangan.
Manba: Sputnik “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”