4 850
«Qonun barchaga barobar». Otabek Umarov tezlikni oshirgani uchun jarima to‘ladi (video)
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov avtomobilida taqiqlangan tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarima to‘ladi.
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov boshqaruvidagi «Tesla» rusumli avtomobil tungi vaqtda Toshkent shahri ko‘chalarida yuqori tezlikda (tezlik soatiga 201 kilometrgacha yetgan) harakatlanishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidentining ikkinchi qizi Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qoidalarni buzgani uchun o‘z ixtiyori bilan borib kommunal kassa orqali jarima to‘laganini ma’lum qilgan.
«Kuni kecha ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda men bilan bog‘liq video tarqalgani Prezidentimizning ochiqlik va so‘z erkinligi siyosati amalda ekanini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.
Jurnalistlar va blogerlar haqiqatan ham real hayotimizda bor muammolarni ko‘tarib chiqayotgani quvonarli. Sizlar jamiyatda ro‘y berayotgan voqealarga befarq emasligingiz, odamlarning mavqeyi va lavozimidan qat’i nazar tanqid qilayotganingiz bizni o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga va tartibga rioya qilishga chaqiradi.
Bugunoq barcha jarimalar to‘landi. Qonun barcha uchun barobar!
Shu fursatdan foydalanib, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining jonkuyar xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!», deydi u.
Foto: instagram\Otabek Umarov
Aytish mumkinki, bu holat O‘zbekistonda so‘nggi yillarda o‘tkazilayotgan islohotlar, ayniqsa so‘z erkinligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi. Demakki, yuqori doiralar jamoatchilik fikrini kuzatmoqda, xalqni eshitmoqda va xalq bilan bilan hisoblashmoqda.
Otabek Umarov esa o‘z xatosini tan olib boshqa barcha davlat amaldorlariga o‘rnak bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, haydovchi aholi yashash joyida juda katta tezlikda harakatlanganda u MJtK 128-3-moddasiga binoan, EKIH 9 baravari miqdorida, ya’ni 1 mln 824 ming so‘m jarima to‘laydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi