O‘zbekistonning barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bo‘lgan pasportlarni olish bo‘yicha fuqarolarni dam olish kunlari soat 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilish joriy etildi. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
«Shu munosabat bilan nobiometrik pasportini biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanishni tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddati 2019 yil 31 dekabrgacha belgilanganligi eslatib o‘tildi.
Shanba—yakshanba kunlari Toshkent shahrida barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga ham pasport va viza rejimi bo‘yicha istalgan masalada uchrashish mumkin bo‘ladi. Jumladan, xorijga chiqish pasportini olish, propiskaga qo‘yish, propiskadan chiqish istagida bo‘lgan fuqarolar murojaat qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”