Qamchiq dovonida Damas avtomashinasi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Qamchiq dovonida Damas avtomashinasi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Foto: FVV
Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida harakatlangan Damas avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi MAN yuk mashinasiga borib urilgan. Natijada Damas mashinasidagi 5 yo‘lovchidan 4 tasi turli darajada tan jarohatlar olgan.

Bu haqda 20 iyul kuni tongi soat 04:50larda Qamchiq maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining Tezkor navbatchi-dispetcherlik guruhiga xabar kelib tushgan.

Mazkur murojaat yuzasidan boshqarma qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar to‘qnashuv oqibatida mashina ichida siqilib qolgan yo‘lovchini chiqarib olishgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar