O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, shuningdek, prokuratura organlarining joriy 6 oylik faoliyati bilan tanishish maqsadida 17—19 iyul kunlari Buxoro va Namangan viloyatlarida bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Safar davomida 190 ta tadbirkorlik sub’ekti bilan har ikkala hududda alohida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga mas’ul idoralar, ijro va nazorat organlari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda asosiy e’tibor joylarda hal etib bo‘lmaydigan, respublika darajasidagi muammolarga qaratildi.
Jumladan, muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan kredit ajratish, gaz va elektr ta’minoti, maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish, «nol» qiymatda va imtiyoz asosida bino olish, yer maydoni ajratish, litsenziya va ruxsatnoma olish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rildi.
Bo‘sh binolar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida Buxoro va Namangan viloyatlari idoralararo komissiyalari hisoboti eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shu bilan birga, safar davomida Buxoro va Namangan viloyati prokuraturalari faoliyati ham o‘rganildi.
O‘rganish natijalari, faoliyatni tashkil etish, hududda qonuniylikni mustahkamlash borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar prokuraturalarning kengaytirilgan hay’at majlisida barcha tuman-shahar prokuraturalari xodimlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayollar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash, 5 tashabbusni amalga oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlar huquqlarini muhofaza qilish, davlat dasturlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida prokuratura organlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, sadoqat va mas’uliyat bilan bajarish, korrupsion illatlarning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi