
Karnay-surnay sadolari, to‘y-tomoshalar bilan Farg‘ona viloyati Eshonguzar qishlog‘ida yashovchi Muhayyo opa kelin tushirdi. Kelin ham oydekkina, chiroylikkina ko‘rganlar havas qiladi. Kelinchak yaqindanmas naq Angliyadan O‘zbekistonga kelin bo‘ldi, deb yozadi Fotima O‘ktamova o‘zining Facebook sahifasida.
Muhayyo opaning o‘g‘li Nurulloxon turmush o‘rtog‘i bilan chet elda tanishib, bir-birlarini sinab, muhabbat rishtalari ila oila qurdi. Jena Angliyada tug‘ilib-o‘sgan bo‘lsa-da, odob-axloqli, hayoli, mehribon qiz bo‘lib chiqdi. Uning otasi Maykl va Kristina xonim o‘zbek yigitining oqko‘ngil, bilimdon, mehribon ekanligini ko‘rib u bilan yaqindan tanishib, qizlari bilan turmush qurishiga rozi bo‘ldi.

Yangi kelinchak o‘zbek urf-odatlarini bir zumda o‘rganib oldi. Ko‘cha-hovlilarni supurib, suv sepib, hammayoqni orasta qilib, milliy taomlarni ham tayyorlashni zukkolik bilan bajaryapti. Doimo samimiy tabassum bilan yurishi Muhayyo opani yanada quvontirdi. Muhayyo opa Angliyalik kelinini Jena emas, Jannatxon deb erkalab chaqiradi, deyiladi xabarda.



Farg‘ona ViloyatiAngliyadan KelinMuhayyo OpaYangi KelinO‘zbekiston Urf-OdatlariSamimiy Tabassum O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar