Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
28 iyul kuni soat 13:58 da Uchtepa tumani, Bayroq 3-tor ko‘chasi, 5a-uyning shifti va tomi 30 kvadrat metri yonib, yong‘in tarqalishi oqibatida qo‘shni xonadonlarning tom qismi jami 120 kvadrat metr maydonida zarar ko‘rgan. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘indan uylarning 590 kvadrat metr maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan.
Jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 14:03 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 14:20 da qurshab olinib, 11 daqiqadan so‘ng bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘inda insonlar halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin