Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
199-modda (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik):
sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, - eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
199-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik - eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi