15:36 / 31.07.2019
3 417

Test sinovlarining ikkinchi kuniga oid ma’lumotlar taqdim etildi

Test sinovlarining ikkinchi kuniga oid ma’lumotlar taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni haqida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlarida jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Shundan, 69 ming 374 nafari test sinovlarida ishtirok etdi. 1928 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 16 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 22 nafari binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 2 ming 622 nafar guruh nazoratchilari jalb etilishi belgilangan. Shundan, 36 nafari ishtirok etmadi.

Qayd etilishicha, test sinovlari paytida hech qanday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermagan.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha O‘zbekiston milliy universitetining Matematika ta’lim yo‘nalishida kuzatilgan – 172,6 ball.

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha eng ko‘p balni Andijon davlat universitetining Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent to‘plagan – 142,1 ball.

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha Samarqand davlat universitetining Matematika ta’lim yo‘nalishiga topshirgan abituriyent esa 127,2 ball to‘plagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test sinovlarining ikkinchi kuniga oid ma’lumotlar taqdim etildi