Joriy yilning 15 avgustidan boshlab isitish tizimi va issiq suv ta’minoti tariflari ko‘tariladi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi xabar berdi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, aholi uchun markaziy isitish tizimiga bir oylik tarif turar-joy kvadrat metri uchun 1 772 so‘mgacha oshiriladi (hozir - 1 610,99 so‘m).
Issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagichsiz kishi boshiga 20 470 so‘mni tashkil etadi (hozir - 18 609,24 so‘m), hisob uskunasi bo‘lganda issiq suv ta’minoti kubometriga 5 242 so‘mga (hozir - 4 765,20 so‘m) teng bo‘ladi.
Umumiy yuvinish xonasi bo‘lgan yotoqxonalarda yashovchilar uchun issiq suv narxi kishi boshiga bir oyda 15 228 so‘mni (hozirda - 13 843,47 so‘m) tashkil etadi.
«Toshissiqlikmarkazi» DUKdan ma’lum qilishlaricha, 15 avgustdan boshlab yetkazib berilayotgan issiq energiyasining ulgurji narxi QQSni hisobga olmaganda, bir Gkal uchun 106 500 so‘m, QQS bilan qo‘shilgan holda 127 800 so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin hukumat 15 avgustdan boshlab yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun narx va tariflarni oshirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi