Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tezkor tadbir davomida fuqaro X.N.ning Zangiota tumanidagi xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, fuqaro xonadonidan 1 tup nasha o‘simligi parvarishlanayotganligi va hovlidagi quyonxonada esa 44,23 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash bo‘limi xodimlari Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining dala maydoni hududidagi ariq yoqasida yovvoyi holda o‘sayotgan bo‘yi 1-1,5 metrli yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli 355 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi o‘sayotganligi aniqlandi.
Voqea joyida mazkur o‘simliklardan 2 tupi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olinib, qolgan 353 tupi esa belgilangan tartibda yo‘q qilindi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda