Kecha, 3 avgust kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj-2019” ishchi guruhi rahbari J.Akramov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov Arafot maydoni, Mino vodiysi va Muzdalifadagi tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirishdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlab, Arafot maydonida o‘zbekistonlik hojilar uchun ajratilgan xayma(chodir)lar ko‘zdan kechirilib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
E’tiborli jihati, o‘tgan yillardagidan farqli ravishda, bu yil o‘zbekistonlik hojilar qo‘nim topadigan Arafot maydonidagi xaymalarni salqinlashtirish maqsadida hamkor shirkat tomonidan jami 175 dona yangi, zamonaviy konditsioner o‘rnatilmoqda.
Shuningdek, mas’ullar Mino vodiysida ham bo‘lishdi. Avvallari oshxona va tahoratxonalar soni bitta bo‘lgan bo‘lsa, bu yil ularning soni ikkitaga ko‘paytirilib, jami uchtani tashkil etadi, ayollar va erkaklar uchun alohida tibbiyot xonalari xizmat ko‘rsatadi.
“Mas’ullar shom qorong‘usida, Muzdalifa maydonida o‘zbekistonlik hojilar uchun ajratilgan maxsus joyni ham aylanib chiqishdi. Bu yilgi hojilarimiz uchun mazkur kenglikda ham yangi qulayliklar muhayyo qilinganini ko‘rish mumkin. Jumladan, bu yil bahavo, keng, tekis joy ajratilgani, albatta, Arafot maydonidan qaytgan hojilarimizga orom maskani o‘laroq, xizmat qilishi haqiqat.
O‘z navbatida, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj-2019” ishchi guruhi rahbari J.Akramov hamkor shirkat mas’ullariga joylardagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, hojilarimizga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga muhim taklif va tavsiyalarni berdi”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi