Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturida intervyu berdi. Unda u Facebook va YouTube’ning bloklanishi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Agentlik rahbari bo‘lib tayinlanganimdan so‘ng Facebook va YouTube’ning yoqilishi bo‘yicha ma’lum bir harakatlarni amalga oshirdik. Bloklagan shaxslar hozir qamoqda o‘tiribdi. Bunda mantiq shundan iborat bo‘lganki, ularning fikriga ko‘ra, juda ko‘p salbiy ma’lumotlar mavjud edi. Va ular Facebook hamda YouTube’ni yopish orqali salbiy ma’lumotlar oqimini kamaytirish mumkin, degan qarorga kelishgan. Bu borada juda jiddiy munozaralar bo‘ldi. Men salbiy ma’lumotlar bilan qarshi dalillar va qarshi faktlar orqali kurashish kerakligini aytdim.
Bu to‘g‘ri yo‘l, boshqa yo‘l yo‘q. Bugungi kunda internetni o‘chirib qo‘ysangiz, hech narsaga erisha olmaysiz. Xo‘sh, Facebook o‘chirildi. Oxir-oqibat nima bo‘ldi? Hamma VPN’dan foydalanishni boshladi. VPN esa barcha xavfsizlik tizimlarini buzadi. U hamma manbalarga kirish imkoniyatini ochadi. Agar hamma VPN’dan foydalanishni boshlasa, unda davlatda nazorat qilish vositalari qolmaydi, masalan, terroristik saytlar, konstitutsiyaga qarshi turli harakatlarga targ‘ib qiluvchi yoki giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha saytlar. Axir, hozirda bularning barchasi saytlar orqali amalga oshirilmoqda. Agar har bir fuqaro har qanday to‘siqdan o‘tib ketadigan VPN’ga ega bo‘lsa, unda o‘z davlatingizni qanday himoya qila olasiz? Biz buni tushuntirdik va bunga erishdik”, - deydi K.Allamjonov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi