Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi QHTBT portalida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi loyihani joylashtirdi, deb yozmoqda Norma.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunda «bloger» tushunchasini quyidagi tarzda kengaytirish taklif etilmoqda: xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
Hozirda bloger – jamoatchilik-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tusdagi axborotlarni ulardan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
Shuningdek blogerning huquqlarini aniq bayon etish hamda u qonun hujjatlari bilan jurnalistlarga taqdim etilgan huquqlardan foydalanayotganini aniqlashtirib olish taklif etilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun jazo choralari nazarda tutilgan moddani kiritish taklif etilmoqda. Bunda uning so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etish, shuningdek jurnalistga tazyiq o‘tkazish, uning professional faoliyatiga aralashish haqida so‘z bormoqda. Buning uchun fuqarolarga EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi