Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan soliq tizimi xodimlari tashabbusi bilan viloyatning Bo‘stonliq tumanidagi “Barkamol” oromgohida hordiq chiqarayotgan yoshlar uchun “Siz soliq haqida nimalarni bilasiz” nomli viktorina o‘tkazildi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning soliqlar xaqidagi bilimlarini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida soliq madaniyatini shakllantirish hamda ularni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Tadbirni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish uchun bayramona bezatilgan oromgoh binosida ushbu maskanda faoliyat yuritgan to‘garaklar ko‘rgazmasi, o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish jarayonlari tasvirlangan suratlar, joriy yilda qilingan ishlarni aks ettiruvchi stendlar joylashtirildi.
Tanlov uchta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilib, unda 107 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
1- shart sahna ko‘rinishi bo‘lib, bunda oromgohda hordiq chiqarayotgan yoshlar o‘zlarining aktyorlik qobiliyatini namoyish qildilar. Ushbu shartda Shaxzoda Hakimova, Laziza Mamatxanova, Farzona Sayfullayeva, Nodira Abdurashidova hamda Oybek Isroiljonovlar faol ishtirok etdilar.
2-shart savol-javob sharti bo‘lib, bunda o‘quvchilarning soliq sohasidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Savol-javobda Lazizbek Xolbayev, Hikoyatxon Xasanova, Diyor Parmonovlarning faol ishtiroki tahsinga loyiq.
3-shart asfaltga rasm chizish sharti bo‘lib, unda o‘quvchilar baxtiyor bolalik suratlarini tasvirladilar. Bu shartda g‘oliblikni Dostonbek Ortiqboyev va Mo‘’tabar Isroilovalar qo‘lga kiritdilar.
Tadbir so‘ngida 3 ta nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi