Qutlug‘ "Qurbon hayit" bayrami oldi Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi yana bir savobli ishga qo‘l urdi. 2019 yilning
9 avgust sanasida Byuroning Qamashi tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda 14 ta oila yarashtirildi.
Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari va 50 dan ortiq ajrashgan oilalar ishtirok etdi.
Tadbirni bo‘lim boshlig‘i M.Eshimov kirish so‘zi bilan ochib, barchani kirib kelayotgan "Qurbon hayit" bayrami bilan muborakbod etdi va muqaddas bayram oldi har xil kelishmovchiliklar sababli ajrashgan oilalarni birlashishga, yarashishga, tinch, totuv baxtli hayot kechirishga chaqirdi.
Bu fikrlarni tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi ham qo‘llab quvvatlab, oila qanchalik muqaddasligi, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligi haqida fikrlar bildirdi.
Shundan so‘ng, 14 ta oila tashabbus ko‘rsatib, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini qaytarib olishga, yarashib birga yashashga qaror qilishdi. Natijada 29 nafar farzand ota-ona mehridan birday bahramad bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida tashabbuskor oilalarga sovg‘alar ulashilib, to‘g‘ri qarorga kelganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi.
Qolgan ishtirokchi oilalarga yarashgan oilalardan o‘rnak olishlari tavsiya qilindi. Yakunda, MIB xodimlari bu kabi xayrli tadbirlar muntazam o‘tkazib borilishini ta’kidlab o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi