Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 11 avgust kuni soat 14:05da Xiva shahar “Sangar” MFY Elobod ko‘chasidagi 9, 11 va 7-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 14:20da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:50da qurshab olingan va 15:22da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Yong‘in oqibatida 9-uyning 160 kv.m. maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari hamda 11-uyning 40 kv.m. maydonda va 7-uyning 20 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Yong‘inni qo‘shni uylarga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi