Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Andijonda spirt olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Bu haqda tvitter foydalanuvchilari yozishdi. Kun.uz`ning ma’lum qilishicha, voqea bugun, 12 avgust kuni soat 10:30 lar atrofida Abdulaziz Yo‘ldoshev ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi Andijon biokimyo zavodidan (gidroliz zavodi) spirt olib ketayotgan bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinasi ag‘darilgan yo‘lda ikkita xavfli burilish bo‘lgan. Haydovchi birinchi burilishdayoq nazoratni yo‘qotishiga sal qolgan va shunga qaramay ehtiyot chorasini ko‘rmagani sabab ikkinchi burilishda ag‘darilgan.
Foto: Kun.uz
Voqea joyiga tez yordam, IIB hamda o‘t uchiruvchilar yetib borgan. Yuk mashinasi qulashi oqibatida hech kim jiddiy jarohat olmagan, ammo mashinadagi spirt ko‘chaga to‘kilib ketgan. Guvohlarning aytishicha, OTMlarga kirish imtihonlari bo‘layotgani sabab Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti binosi oldi yopilgan. Shu bois mashinalar aylanma yo‘llardan yurishga majbur bo‘lmoqda va bu yuk mashinalariga ayniqsa noqulaylik tug‘dirmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi