O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2019 yilning 1 noyabridan e’tiboran Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi eng yuqori turizm salohiyatga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro‘yxatini shakllantira boshlaydi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan taqdirda va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlantirish xizmatlaridan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda, ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomi beriladi.
2020 yildan boshlab «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomining berilgan fuqarolar yig‘ini «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga kiritiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?