2 780
61,3 mln soʻm aliment pulini oldindan toʻlagan fuqaroning chetga chiqish huquqi tiklandi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan toʻlash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam boʻlmagan muddatga amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilgan.
Byuroning Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi ish yurituvida boʻlgan, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan qarzdor A.Yusupovdan undiruvchi G.Alisherova foydasiga ikki nafar farzandi uchun aliment toʻlash belgilangan.
Fuqaro A.Yusupov muntazam ravishda oyma-oy aliment pulini toʻlab bormoqda. Biroq, cheklov qoʻyilgani sababli xorijga chiqolmay yurgan edi.
Aynan Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi axborot taʼminoti va qidiruv shoʻbasi inspektorlariga ushbu masala yuzasidan murojaat yoʻllab, tushuntirish olgani oʻz samarasini berdi. Undiruvchi G.Alisherova bilan kelishuv tuzib, besh yillik aliment summani toʻlashini soʻrab, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish haqida suddan ajrim chiqarib berishni soʻraydi.
Mazkur murojaat atroflicha koʻrib chiqilib, fuqaro A.Yusupov 2024-yilning iyul oyiga qadar jami 61 million 355 ming soʻm miqdoridagi aliment pulini toʻlab beradi. Joriy yilning 26-iyul kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining ajrimiga asosan unga nisbatan ijro etish usuli va taribi oʻzgartirilib, cheklovi olib tashlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?