Vazirlar Mahkamasining «2019 yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun «Regulation.gov.uz» portaliga joylashtirildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati, «O‘zagroservis» aksiyadorlik jamiyati, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2019 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosini terib olishda:
- paxta xom ashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 500 000 so‘m xizmat haqi to‘lash;
- paxta xom ashyosining qo‘lda terilgan 1 kilogrammi uchun birinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 800 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan, ikkinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1400 so‘mdan mehnat haqi to‘lash;
- paxta yig‘im-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlari hamda Sirdaryo viloyatida tashkil etilayotgan dala markazlarining rahbarlari (menedjerlari)ga istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat haqi to‘lash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin» deyiladi loyiha matnida.
Shuningdek, Moliya vazirligi joriy yilning 15 sentyabriga qadar eksperiment tariqasida, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berish mexanizimini joriy etishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi