O‘zbekistondagi elektrenergiyasi iste’molchilariga o‘rnatiladigan yangi «aqlli» hisoblagichlar yaqin 25 yil mobaynida almashtirilmaydi. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev Kun.uz muxbiri savoliga javob berar ekan, yangi hisoblagichlar zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotganini ta’kidladi.
- 4-5 yil avval, hozirgidek, yangi hisoblagichlar o‘rnatish zarurati haqida takliflar ilgari surildi. Ayrim joylarda amalga oshirildi ham. Savolim shundan iboratki, yana 4-5 yildan so‘ng, yangi texnologiya yoki hisoblagichlardagi qandaydir zamonaviy yechim vaj qilinib, dastur o‘zgarmasligiga qanchalik kafolat bera olasiz? Odamlar qancha vaqt xotirjam yashashlari mumkin?
«Hisoblagichlarga bo‘lgan texnik talablarni italiyalik hamkorlar bilan ishlab chiqdik. Ularga qo‘yilgan talab bo‘yicha xizmat muddati 25 yil. Har 10 yilda qiyoslovdan o‘tkazilishi shart. Ya’ni 10 yil to‘lmasdan, hisoblagichni standart tekshiruvidan o‘tkazish kerak, degan gap bo‘lishi mumkin emas. U 10 yil “qilt” etmasdan ishlab berishi lozim», - dedi vazir o‘rinbosari.
Sherzod Xo‘jayevning aytishicha, mutasaddi idoralar yana 3-4 yildan keyin yangi texnologiya chiqqanidan so‘ng, hisoblagichlar almashtiriladimi, degan savol paydo bo‘lmasligi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan.
«3-4-5 yildan keyin yangi texnologiya chiqdi, hisoblagichlarni yana almashtiraylik, demasligimiz uchun nimalar qilishimiz kerak, deb ko‘p o‘ylandik. Va aqlimiz yetgan hamma funksiyani qo‘shdik. Misol uchun, bu hisoblagich elektr energiyasini qabul qilishga ham, uzatishga ham ishlaydi. Hozir, balki, 1 mln xonadondan bir oila mening elektr energiyamni xarid qil, deyishi mumkindir. Ammo, 5 yildan keyin uning soni qancha bo‘lishi bilmaymiz.
Yoki bo‘lmasa, aniqlik sinfi xususida ham shu gap. O‘sha vaqtda ±2 qilaylik, bu hech qanday rol o‘ynamaydi, deyildi. Biz bu raqamni ±1 qilish talabini qo‘ydik. Bizning maqsadimiz, ushbu hisoblagichlar 25 yil ishlab bersin va bu vaqt mobaynida bizda shubha paydo bo‘lmasin.
Biz, attang, shu joyini noto‘g‘ri qilibmiz, mana bu talabni qo‘shsak bo‘larkan, shu funksiyaga ehtiyoj bor, ammo buni qo‘sholmayapmiz, degan fikr tug‘ilmasligi uchun dunyodagi mavjud tendensiyalar va texnologiyalarni kiritdik.
Nafaqat bizda, balki dunyoning eng yirik injiniring kompaniyalarida ham talab o‘zgarishiga doir shubha yo‘q (ya’ni, kelgusi 25 yilda elektr hisoblagichlarga doir talab o‘zgarmaydi)», - dedi Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?