Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarlik boshqarmasi hamda Maxsus operatsiya kuchlari bo‘limi tomonidan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlikning oddiy va samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha bir nechta usul va metodlar ishlab chiqildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jizzax garnizonidagi Maxsus operatsiya kuchlari joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yangicha yondashuvdagi ushbu mashqlar harbiy estafeta musobaqasi ko‘rinishida ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qudratini oshirishda bevosita jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarining o‘rni katta. Shu sababli hozirgi vaqtda oddiy, lekin samarali usul va metodlar o‘ylab topilmoqda.
Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Po‘lat Sotivoldiyev tomonidan tavsiya qilinayotgan amaliy mashq usullari va unga kerak bo‘ladigan o‘quv moddiy baza oddiyligi bilan farqlanadi. Kam vaqt sarflab, qo‘lbola vositalardan foydalangan holda yaratilgan “mashq maydonchasi” harbiy xizmatchilarning bo‘linma va yakka tartibda jismoniy qobiliyatlari va bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
Jumladan, jamoaviy kompleks o‘qitish, ko‘z bog‘langan holda qurolni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, jang maydonida har usullarda otish holatini egallash, kompleks shug‘ullanish, jang maydonidan yaradorlarni olib chiqish, o‘q-dori yetkazish, to‘sin bilan jamoaviy shug‘ullanish va boshqa mashqlar harbiy jamoalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini yaratib, harbiy xizmatchilarning epchillik va chaqqonlik fazilatlarini yanada rivojlantiradi.
Misol uchun, “Askarlar yopinchig‘i” metodida aylana shaklda o‘q-otar qurollar namunalari qo‘yiladi. Harbiy xizmatchilar esa qurollardan bir qadam uzoqlikda turishadi. Komanda berilgandan so‘ng, harakat soat yo‘nalishi yoki qarama qarshi yo‘nalish bo‘ylab almashgan holda davom ettiriladi. Bunda bo‘linmalarning barcha tarkibdagi qurollarni noto‘liq qismlarga ajratish-yig‘ish bilim va malakasi oshiriladi.
Shuningdek, harbiy okrugda innovatsion yondashuvlar asosidagi ixtirochilik ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ishlanmalar harbiy hayotga tatbiq etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi