13:10 / 21.08.2019
3 462

Tadbirkorning nayrangi uzoqqa bormadi

Tadbirkorning nayrangi uzoqqa bormadi
Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda, ayrim tadbirkorlar oʻz manafaatlari yoʻlida davlatga zarar yetsa yetsin, oʻzim foyda koʻrsam boʻldi naqlida ish tutishmoqda.

Lekin,Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tezkor shoʻbasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida kunlik nazorat tadbirlari oʻtkazib kelayotganligi natijasida bunday tadbirkorlarning noqonuniy ishlari uzoqqa choʻzilmayapti.

Joriy yilning 27-iyul kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirlar tavomida Andijon tumanidagioxak maxsulotlari faoliyat turi bilan shugʻullanib kelayotgan MCHJOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 12.01.2018-yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga zid ravishda tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, foydalanganligi oqibatida davlatga 20 mln. 109 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xuddi shuningdek,shu kuni Andijon shahar xududdidagiumumiy ovqatlanish oshxonasi tabbiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, bamaylixotir foydalanganligi oqibatida 47mln.174ming soʻm davlatga zarar yetkazganligi aniqlandi.

Byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi, hozirda ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan Byuroning Andijon shahar va Andijon tuman boʻlimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorning nayrangi uzoqqa bormadi