Foto: OʻzA
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Jizzax viloyatida oliy oʻquv yurtlari filiallarini ochish haqida petitsiya eʼlon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Jizzax viloyati hududida Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax davlat politexnika institutlari faoliyat yuritmoqda.
“Mening taklifim shuki, Jizzax viloyatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat kimyo texnologiyalari instituti filiallarining ochilishi – rivojlanib kelayotgan Jizzax viloyati ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga hamda viloyatni yosh mutaxassis kadrlar bilan taʼminlashga xizmat qiladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilishicha, Jizzax viloyati respublikaning markazida joylashganligi boshqa viloyat yoshlarining ham bu yerga kelib bilim olishiga qoʻshimcha qulayliklarni yaratadi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Jizzax viloyatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat kimyo texnologiyalari instituti filiallarini tashkil qilishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi