
Pista chaqish appenditsitni keltirib chiqaradi degan xavotir — noo‘rin, shunchaki mahalliy fikr, deb hisoblashmoqda mutaxassislar. Bu haqda «Xabar» nashri yozmoqda.
Jarrohlar avvaldan appenditsitning bunday rivojlanish «nazariyasi»ga shubha bilan qarashgan. O‘zi chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig‘lanishi hamon sirligicha qolmoqda. Yallig‘lanish o‘z-o‘zidan kelib chiqishi mumkin. Appendiksni olib tashlash esa eng oson yo‘li. Bu o‘z navbatida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqishni imkonsiz qilib qo‘yadi.
Pista chaqish appenditsit rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi. Mutaxassislarning fikricha, appenditsitga olib keluvchi xavfli omillar mutlaqo noma’lum.
Amerikalik jarrohlar XX asrning 50—60-yillarida profilaktika maqsadida chaqaloqlar appendiksini olib tashlashga qaror qilishadi, biroq keyinchalik bu yondashuvdan voz kechishadi. Appenditsit o‘ta noxush dard: unga kuchli og‘riqlar xos emas, chidasa bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘p bemorlar shifokorga vaqtida murojaat etishmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar