
Yaqinda "Toshshahartransxizmat" AJ shahrimizdagi jamoat transportlariga videokuzatuv kameralarini o‘rnatayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Hozircha videokameralar sinov tariqasida 24-yo‘nalishdagi avtobuslarga o‘rnatilgan. Mazkur videomonitoring bir qancha masalalarda samarali bo‘lishi kutilmoqda. Xususan:
– huquqbuzarliklar va terrorizmning oldini olishda;
– avtotransport vositalari boshqaruvchilari qanday ishlayotganligini nazorat qilishda;
– fuqarolar va ularning mulkini tashqi ta’sirlardan himoya qilishda.
Videokuzatuv tizimining asosiy vazifasi yo‘l harakati xavfsizligini oshirishni nazarda tutadi. Videokuzatuvdan foydalanish shubhali shaxslar va vositalarni aniqlash, transport yo‘nalishlarini optimallashtirish uchun yo‘lovchilar tashishni hisobga olish, baxtsiz hodisa yuzaga kelganda nizolarni hal qilish uchun haydovchining aybdorligi yoki aybsizligini aniqlashda yordam beradi.
Yil oxiriga qadar "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan barcha yo‘nalishdagi avtobuslarga videokuzatuv vositalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Bu masala yuzasidan OAVlarida e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga oydinlik kiritish maqsadida biz "Toshshahartransxizmat" AJ Matbuot xizmatiga murojaat qildik.
Ma’lum bo‘lishicha, videokameralar o‘rnatish tashabbusi "Toshshahartransxizmat" AJga tegishli. Bu amaliyot jamoat transportidagi yo‘lovchilar oqimi, avtobus salonlaridagi tartib va tozalikni nazarot qilish imkonini beradi. Shuningdek, baxtsiz hodisalar, turli nizolar, o‘g‘rilik va mulkka zarar yetkazish kabi hodisalarni oldini olishga yordam beradi. Jamoat transportlarini videokuzatuv uskunalari bilan ta’minlashni moliyalashtirish avtobus saroylari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing