
Oliy Majlis Senati a’zosi, Jalaquduq tumani hokimi Sodiqjon Turdiyev salomatligi tufayli o‘z arizasiga muvofiq ishdan ketgan.
Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida Andijon shahridagi Yoshlar markazida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
— So‘nggi paytlarda Sodiqjon aka ko‘p kasal bo‘lmoqda. Bir necha oydan buyon vazifasidan ozod etishni iltimos qilib kelardi. Salomaligi ko‘tarmagani bois, iltimosini qabul qildik. O‘rniga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Zokirjon Davronovni vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinladik, — deya izoh bergan viloyat hokimi.
Zokirjon Davronov 2017 yildan buyon Jalaquduq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ham ishdan haydalgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar