O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi:
29-moddaning (Sudning vakolatlari) birinchi qismi «protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
36-moddaning (Tergovchining vakolatlari):
birinchi qismi «shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243-1-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
uchinchi qismi «uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
38-1-moddaning (Surishtiruvchining vakolatlari):
birinchi qismi «shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243-1-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi;
uchinchi qismi «uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash» degan so‘zlardan keyin «pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?