
Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limining tezkor hodimlari tomonidan joriy yilning 30 iyul kuni energiya resurslari va ichimlik suvidan qoidabuzarliklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir natijasida, yakka tartibdagi tadbirkor B.Utemuratov elektr energiyasi ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadida “DTS-541” rusumli priborga ulangan “S” fazasining ulash sxemasini o‘zgartirishi oqibatida, sarflanayotgan elektr energiyasining uskuna tomonidan hisoblanmasligi aniqlangan.
Aniqlangan qoidabuzarlik oqibatida davlat manfaatlariga 29.517.117 so‘mlik zarar etkazilib, tergov oldi tekshirish jarayonida B.Utemuratovga O‘zR JKning 1852-moddasi 6-qismi va JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandi talablari mazmun-mohiyati va uning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan so‘ng, tadbirkor tomonidan belgilangan muddatda yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplab bergan.
Majburiy IjroEnergya ResurslariIchimlik SuviQoidabuzarlik AniqlashDavlat ManfaatlariTadbir Natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar