
Anqara Moskvadan S-400 zenit-raketa majmuasidan ko‘proq sotib olishi mumkin. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Bled shahrida o‘tgan strategik forumda ma’lum qildi. .
“Bugun bizga o‘zimiz ishlab chiqara olmaydigan tizimlardan ko‘proq kerak. Agar biz AQShdan sotib ololsak, Patriot majmuasini sotib olamiz. Sotib ololmasak, unda S-400’dan yana sotib olamiz. Biz mustaqil davlatmiz”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
S-400’ning birinchi batareyasi Turkiyaga yetkazilishi iyulda boshlangan. Moskva sentyabr oxirigacha Anqaraga ikkinchi batareyani yetkazib beradi.
AQSh Turkiyadan S-400’larni sotib olishdan bosh tortishni va ular o‘rniga Patriot majmualarini sotib olishni talab qilgan. Aks holda Vashington Anqaraga F-35 qiruvchi samolyotlari sotilishi bekor qilinishi yoki kechiktirilishi mumkinligini aytgan. Turkiya yon bosishlarga bormagan.
Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri forumda Moskva va Anqara Rossiyada ishlab chiqarilgan Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlari xaridi bo‘yicha ayni vaqtda muzokaralar olib bormayotganini ma’lum qilgan. “Yo‘q. Hozir biz F-35’ni ishlab chiqarish dasturining bir qismi hisoblanamiz”, deb javob qilgan Chovusho‘g‘lu tegishli savolga.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Moskva viloyatida o‘tgan MAKS-2019 aviasaloniga tashrif buyurganda Su-35 va Su-37’lar bilan qiziqib qolgani ma’lum qilingandi. Keyinroq Erdo‘g‘an Turkiya va Rossiya Su-57’lar yetkazib berilishi bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar